Soboslai Fodenning natijasini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1342

"Liverpul" yarim himoyachisi Dominik Soboslai "Bornmut"ga qarshi o'yinda gol urdi, ammo jamoasini mag'lubiyatdan (2:3) qutqarib qololmadi.
Vengriyalik futbolchi 80-daqiqada jarima zarbasidan aniq zarba yo'llab, uzoq masofadan darvozani ishg'ol qildi. Opta xabariga ko'ra, Soboslai joriy mavsumda "Manchester Siti" vakili Fil Fodendan keyin jarima maydoni tashqarisidan zarba yo'llab, beshta gol urgan Premer-liganing ikkinchi vakili bo'ldi. Barcha turnirlar hisobga olinadi.
Eslatib o'tamiz, "qizillar"ning 25 yoshli xavbeki Chempionlar ligasi doirasida "Marsel"ga qarshi kechgan avvalgi bahsda (3:0) ham jarima zarbasidan gol urgan edi. 28 yanvar kuni Arne Slot jamoasi yana evro arenada o'ynaydi - raqib "Qorabog'".

Bosh sahifaga
410