"Tottenxem" hozircha Robertson masalasida "Liverpul" bilan kelishib olgani yo'q
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 498

Londonning "Tottenxem" va "Liverpul" klublari hamon qanot himoyachisi Endryu Robertson transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "shporlar"ning dastlabki taklifi juma kuni bo'lgan. O'shandan beri klublar bo'lajak transferning yakuniy summasini muhokama qilishmoqda.
Robertson "Liverpul"da 2017 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Joriy mavsumda 31 yoshli himoyachi barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta samarali uzatma muallifiga aylandi.
"Transfermarkt" portali ma'lumotlariga ko'ra, Robertsonning bozor narxi 12 million evroga teng.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
390