Kalafori "Manchester Yunayted" bilan o'ynashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 532

Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Rikardo Kalafori "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan jamoa bilan mehmonxonaga etib keldi. Bu haqda "Arsenal Team" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, italiyalik himoyachi jarohatidan so'ng to'laqonli mashg'ulotlarga qaytgan. U jamoaga qo'shilgan bo'lsa-da, hozircha uning o'yinda ishtirok etishi bo'yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan. Barchasi o'yin boshlanishiga yaqin hal bo'ladi.
Joriy mavsumda Kalafori barcha musobaqalarda 20ta o'yin o'tkazib, 1ta gol urgan va 3ta golga hammualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
385