Evropaning uchta klubi "Real" futbolchisini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41

Madridning "Real" klubiga tegishli bo'lgan istiqbolli himoyachi Viktor Valdepenyas faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirish variantlariga ega, deya xabar bermoqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Ekrem Konur.
Jurnalistning ma'lumotiga ko'ra, futbolchini Leverkuzenning "Bayer" va Dortmundning "Borussiya" klublari o'z safiga qo'shib olmoqchi. Nemis klublari 19 yoshli futbolchi uchun Londonning "Arsenal" klubi bilan kurash olib bormoqchi.
Valdepenyas "Transfermarkt" portali tomonidan uch million evroga baholanmoqda. Himoyachining madridliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o'rtalarida o'z nihoyasiga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
385