Ferran Torres qachon qaytishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

"Barselona" hujumchisi Ferran Torresning tiklanish muddati haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Marca nashrining xabar berishicha, Torres kechagi mashg'ulotda jamoadan alohida individual dastur asosida shug'ullangan. U Ispaniya chempionatining "Real Ovedo"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi, ammo "Kopengagen"ga qarshi Chempionlar Ligasi o'yini yoki La Ligada "Elche"ga qarshi o'yin oldidan safga qaytishi mumkin.
Joriy mavsumda 25 yoshli Torres barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 15 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va bitta assist muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
386