Shlotterbek - kelajak haqida: "Men o'zimga qaror qabul qilishning oxirgi muddatini belgiladim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35

Dortmundning "Borussiya" klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Men o'zimga qaror qabul qilishning oxirgi muddatini belgiladim. Qachonligini aytmayman, lekin aniq yozgacha. Men bu erda o'zimni qulay his qilyapman. Bu oson qaror bo'lmaydi. Men intuitsiyaga tayanadigan odamman. Dadam va Kevin bilan maslahatlashib, keyin bir qarorga kelaman. U qanday bo'lishini hozircha aniq bilmayman," - dedi Shlotterbek Sky Sport nashriga.
Shlotterbek "Borussiya" safida 2022 yildan buyon to'p surib kelmoqda. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Futbolchining "Borussiya" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
391