"Liverpul" Alonso vakillari bilan allaqachon suhbat o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

"Liverpul" ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonsoni bosh murabbiylikka taklif qilmoqchi.
AS xabariga ko'ra, ingliz grandi Alonso vakillari bilan allaqachon suhbat o'tkazgan. Murabbiyning o'zi ham "Liverpul"da ishlashi mumkin bo'lgan variantga ijobiy qaramoqda.
Avvalroq, matbuotda "Liverpul" jamoaning amaldagi ustozi Arne Slot bilan xayrlashishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Yaqin kunlarda iste'fo rasman e'lon qilinishi ham ehtimoldan xoli emas.
Eslatib o'tamiz, Alonso 2004-2009 yillarda "Liverpul" futbolchisi bo'lgan. U jamoa safida jami 210 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urgan va 20 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
389