"Liverpul" yangi futbolchi sotib olishga tayyorlanmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1246

AQSh terma jamoasi va Londonning "Fulxem" klubi qanot himoyachisi Entoni Robinson faoliyatini Angliya Premer-ligasining top-klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Teamtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 25 yoshli chap qanot himoyachisi xizmatiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. "Qizillar" Robinson nomzodini "Tottenxem"ga o'tishi mumkin bo'lgan Endryu Robertsonga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Robinson "Transfermarkt" ekspertlari tomonidan 30 million evroga baholanmoqda. Himoyachining amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2028 yil iyun oyi oxirida tugaydi.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida amerikalik futbolchi 11ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
395