"Arsenal" Alvares transferi uchun eng kamida qancha mablag' sarflashi kerakligi aytildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44

Argentina terma jamoasi va Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares Angliya chempionatiga qaytishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Manbaga ko'ra, yulduz forvardni Londonning "Arsenal" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Alvares taxminan 92 million evro. Ushbu summa bitimni rasmiylashtirish uchun etarli bo'lishi kerak. Alvares 2024 yilning avgustidan buyon Ispaniyaning top-klubida to'p tepib kelmoqda. 25 yoshli futbolchining "matraschilar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirida o'z nihoyasiga etadi.
Xulian La Liganing joriy mavsumida 20 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
393