Arbeloa: "Real"da aql bovar qilmaydigan futbolchilar bor"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 405

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o'z jamoasi tarkibining sifatiga yuqori baho berdi.
Shanba kuni "qaymoqranglilar" La Liga doirasida safarda "Vilyarreal"ni mag'lub etib (2:0), Kilian Mbappening dubli evaziga qatorasiga uchinchi g'alabani qo'lga kiritdi.
"O'yinchilarimiz aql bovar qilmas darajada. Mening vazifam ularga ozgina yo'nalish berish va ulardan nima kutayotganimni aytish, xolos," - dedi 43 yoshli murabbiy o'yindan keyingi jurnalistlar bilan suhbatda.
Alvaro Arbeloa 12 yanvar kuni "Real" boshqaruviga keldi - u shu kuni iste'foga chiqarilgan Xabi Alonso o'rnini egalladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
394