"Manchester Yunayted" "Chelsi" hujumchisiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42

Londonning "Chelsi" klubi forvardi Liam Delap Angliya Premer-ligasining boshqa bir top-klubi qiziqishlari doirasida. Bu haqda The Independent xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 22 yoshli markaziy hujumchini "Manchester Yunayted" o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Qizil iblislar"ning fikricha, Liam hozirgi jamoaning o'yin uslubiga mos keladi.
Delap "aristokratlar" bilan 2031 yil o'rtalarigacha shartnoma majburiyatlari bilan bog'langan. Futbolchining bozor narxi 35 million evroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda hujumchi londonliklar safida 18 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192