"Chelsi" "Real" vingerini ijaraga olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 403

Madridning "Real" klubiga tegishli bo'lgan argentinalik xavbek Franko Mastantuono Ispaniya La Ligasini Angliya chempionatiga almashtirishi mumkin. Bu haqda Tribal Football xabar bermoqda.
Jurnalistlar ma'lumotiga ko'ra, vingerni Londonning "Chelsi" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Aristokratlar" rahbariyati argentinalik futbolchini 2025/2026 yilgi mavsum yakuniga qadar ijaraga olmoqchi.
18 yoshli xavbek o'tgan yilning avgust oyida "qirollik klubi" safiga qo'shilgan edi. "Real" uning "River Pleyt"dan transferi uchun 45 million evro to'ladi. Mastantuono Ispaniya grandi bilan 2031 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini tuzdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210