APL top-klubi darvozaboni «Inter»ga o'tishga rozi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3295

"Tottenxem" darvozaboni Gulelmo Vikario kelasi yozda Milanning "Inter" klubiga ko'chib o'tishga tayyor. 29 yoshli futbolchining Italiyaga qaytish istagi haqida avval ham xabar berilgan edi. Jurnalistlar Matteo Moretto va Fabritsio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, "shporlar" posboni nafaqat vataniga qaytib o'ynash niyatini bildirgan, balki "neradzurrilar" safiga qo'shilishga ham rozilik bergan. Endi Milan grandi "Tottenxem" bilan transfer shartlari bo'yicha kelishib olishi lozim.
Agar ushbu kelishuv amalga oshsa, Vikario "Inter" tarkibida Yann Zommerning o'rnini egallaydi. Shveytsariyalik darvozabonning shartnomasi mavsum yakunida yakunlanadi. Transfermarkt portaliga ko'ra, italiyalik posbonning bozor bahosi 30 million evroni tashkil etadi.

Bosh sahifaga
207