«Liverpul» 2022/23 yilgi mavsumdan buyon mag'lubiyatlar bo'yicha eng yomon ko'rsatkichni qayd etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 385

"Liverpul" joriy mavsumda 11-mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Arne Slot jamoasi APLning 23-turida "Bornmut"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 2:3.
Shuningdek, mersisaydliklar bu mavsumda PSV (1:4), "Nottingem" (0:3), "Manchester Siti" (0:3), "Kristal Pelas" (0:3), "Brentford" (2:3), "Manchester Yunayted" (1:2), "Chelsi" (1:2), "Galatasaroy" (0:1) va yana ikki marta "Kristal Pelas"ga (chempionatda 1:2 va Angliya Superkubogi o'yinida penaltilar seriyasida) yutqazdi.
Oxirgi marta "qizillar" barcha turnirlardagi 11 mag'lubiyatni 2022/23 yilgi mavsumda qayd etgandi. O'shanda ular 14 marta mag'lub bo'lishgan, ammo 11-mag'lubiyat faqat fevral oyining oxirida bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
254