A Seriya. «Latsio» «Lechche» darvozasiga yo'l topa olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 459

"Lechche" Italiya chempionatining 22-turida o'z maydonida "Latsio" bilan durang o'ynadi - 0:0.
Mezbonlar raqib darvozasiga 15 ta, mehmonlar 6 ta zarba yo'lladi.
"Lechche" ketma-ket to'rtta mag'lubiyatdan iborat seriyasiga barham berdi. U Italiya chempionati turnir jadvalida 22 uchrashuvdan keyin 18 ochko bilan 17-o'rinda bormoqda. "Latsio" (22 o'yindan keyin 29 ochko) to'qqizinchi o'rinda bormoqda.
"Lechche" keyingi turda 1 fevral kuni "Torino" mehmoni bo'ladi. "Latsio" 30 yanvar kuni "Jenoa"ni qabul qiladi.
A Seriya. 22-tur
25 yanvar, 00:45
Lechche - Latsio - 0:0
Lechche: Falkone, Zibert, Tiagu Gabriel, Gallo, Veyga, Ramadani, Kulibali, Gandelman, Banda (Sottil, 64), Perotti (Tete Morente, 89), Shtulich (Cheddira, 64)
Latsio: Provedel, Romanoli, Xila (Provstgor, 64), Marushich, Latstsari (Pellegrini, 73), Vesino (Dele-Bashiru, 64), Bashich, Teylor, Dzakkani, Kancheleri (Isaksen, 81), Dia (Ratkov, 64)
Ogohlantirishlar: Veyga, 52. Tiagu Gabriel, 90 - Provstgor, 73

Bosh sahifaga
269