«Bavariya» Gakponi asosiy nishon sifatida belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1067

"Bavariya" "Liverpul" hujumchisi Kodi Gakponi o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Bayern Space nashri tarqatgan xabarga ko'ra myunxenliklar niderlandiyalik futbolchini asosiy transfer maqsadiga aylantirishgan. Germaniyaning amaldagi chempionlari forvard transferi uchun taxminan 75 million evro to'lashga tayyor.
Kodi Gakpo 2023 yilda PSVdan 42 million evro evaziga "Liverpul"ga o'tgandi. Uning "qizillar" bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, ettita gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Gakponing narxini 70 million evroga baholagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
392