Gvardiola Gexining debyutiga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 947

"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola himoyachi Mark Gexining debyutiga izoh berdi. Shanba kuni Gexi "Kristal Pelas"dan transfer qilinganidan keyin "shaharliklar" safida ilk bor maydonga tushdi.
"Gexining debyuti? Men u uchun juda xursandman. U o'ziga ham, bizga ham juda talabchan. U boshqalarni yaxshiroq bo'lishga majbur qiladi. Yaxshi o'yinchilar tez moslashadi va o'yinni tushunadi, shuning uchun ham u bugun yaxshi o'ynadi" - dedi Gvardiola BBC Match of the Day nashriga.
"Manchester Siti" navbatdagi o'yinini 28 yanvar, chorshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida o'z maydonida "Galatasaroy"ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
384