"Inter" himoyachisi Argentinaga yo'l oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24

"Inter" himoyachisi Tomas Palasios "Estudiantes"ga o'tadi.
Klublar 22 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olish bo'yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda jurnalist Sesar Luis Merlo. Palasiosning o'zi ham transferga rozilik bergan.
Janluka Di Martsioning ma'lum qilishicha, futbolchini sotib olish argentinaliklarga 6-7 million evroga tushadi.
Bu mavsumda argentinalik futbolchi "neradzurrilar" safida birorta o'yinda maydonga tushmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
385