APL. "Manchester Siti" "Vulverxempton"ga imkoniyat qoldirmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 850

"Manchester Siti" o'z maydonida APL 23-turidan o'rin olgan bahsda "Vulverxempton"ni mag'lub etdi - 2:0.
Uchrashuvning 6-daqiqasida Omar Marmush hisobni ochdi. Birinchi bo'lim so'ngida mezbonlar ustunligini Antuan Semeno ikkitaga oshirdi. "Shaharliklar"ning yangi futbolchisi "Bornmut"dan o'tganidan keyin to'rtta o'yinda uchinchi golini urdi.
Abduqodir Husanov "shaharliklar" himoya markazida Mark Gexi bilan ilk o'yinida jamoasi darvozasini daxlsiz saqlab qolishga yordam berdi.
"Manchester Siti" (46) APLda ikkinchi o'rinda bormoqda. "Vulverxempton" (8) esa turnir jadvalida so'nggi o'rinni egallagan.
Manchester Siti - Vulverxempton - 2:0
Gollar: Marmush, 6 (1:0). Semeno, 45 (2:0)
Manchester Siti: Donnarumma, O`Rayli, Gexi, Abduqodir Husanov, Mateus Nunes, Rodri, Sherki (Xoland, 73), Bernardu Silva, Reynders (Foden, 61), Semeno, Marmush (Doku, 74)
Vulverxempton: Joze Sa, Kreychi, S. Bueno, Moskera, U. Bueno, Mane, Andre, Gomes, Chachua (Gomesh, 46), Xvan Xi Chxan (Arokodare, 71), Arias (Larsen, 46)
Ogohlantirishlar: Mateus Nunes, 71 - Andre, 57. Gomes, 67. Moskera, 88
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
379