Braim Dias sobiq klubiga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1002

"Real" hujumchisi Braim Dias "Milan"ga qaytishi mumkin.
Football Transfers News xabariga ko'ra, "rossonerilar" marokashlik futbolchining transferini rasmiylashtirmoqchi. Milanliklar allaqachon futbolchini o'z safiga qo'shib olish imkoniyatiga qiziqish bildirayotgan edi. "Qaymoqranglilar" o'z pozitsiyasida qat'iy turibdi: "Real" Diasni qo'yib yuborishga tayyor, ammo kamida 60 million evro evaziga.
Eslatib o'tamiz, Braim Dias 2020-2023 yillarda ham "Milan" sharafini himoya qilgan. U "rossonerilar" safida jami 124 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Hujumchining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
377