"Roma" yangi hujumchi transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1189

"Roma" "Jenoa" hujumchisi Lorentso Venturinoni ijaraga olganini e'lon qildi.
19 yoshli vinger 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. U 20-raqamda harakat qiladi. Rimliklarda shartnomani sotib olish imkoniyati bor.
23 yanvar kuni "Roma" xabvek Tommazo Baldantsini "Jenoa"ga ijaraga yuborgan edi.
Venturinoning hisobida genuyaliklarning asosiy jamoasi uchun 11 ta o'yin bor, ularda u ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. U "Jenoa" yoshlar jamoasida 26 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
381