Bouen "Vest Xem"ning yangi rekordchisiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1669

Angliya Premer-ligasining 23-turida "Vest Xem" "Sanderlend"ni 3:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, klub sardori Jarrad Bouen gol va assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Shu tariqa u APLda gollarda ishtirok etish bo'yicha klubning yangi rekordchisiga aylandi.
O'yin boshlanishidan oldin Bouen Maykl Antonio bilan bir xil - 101 tadan ochko to'plagandi. Ammo endi Bouen 103 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda. Shundan 63tasi gol, yana qirqtasi assist.
"Vest Xem" Angliya chempionati turnir jadvalida o'n sakkizinchi o'rinni egallab turibdi. Klub keyingi turda Londonning "Chelsi" klubiga qarshi maydonga tushadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246