Laporta "Barselona"ning kelajagidan xavotirda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1678

"Barselona" prezidenti Joan Laporta xavotirda.
Kataloniya klubi rahbari yarim himoyachi Dro Fernandesning "PSJ"ga o'tish qaroridan norozi.
Laportaning fikricha, bu harakat "Barselona" akademiyasi o'yinchilari uchun yomon o'rnak bo'ladi. Prezident Fernandes ketganidan keyin ko'proq o'yinchilar pul evaziga boshqa klublarga o'tib ketishidan qo'rqadi.
Bu klubni o'z resurslari orqali rivojlantirishga qaratilgan "Barselona"ning sport falsafasiga putur etkazishi mumkin.
Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255