Flik Gavining tiklanish jarayoni haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35350

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Gavining tiklanishi haqida gapirdi.
Xavbek mavsum boshidayoq operatsiya qilindi. Gavi bahorga yaqin safga qaytishi kutilmoqda.
"Gavi ancha rivojlandi. Uning uchun eng muhimi - ikkinchi yoki uchinchi qadamni birinchisidan oldin qo'ymaslik. U bizning tibbiy shtabimizga ishonishi kerak. Uning oldinda uzoq karerasi bor va u shoshilmasligi kerak. Agar u fevralda qaytsa - hamma xursand bo'ladi. Lekin eng muhimi, u yaxshi tayyorgarlik bilan qaytishi kerak. Biz aynan shu ustida ishlayapmiz," - dedi Flik matbuot anjumanida.
25 yanvar, yakshanba kuni "Barselona" "Real Ovedo"ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253