Flik: "Juda sovuq edi va moslashishga vaqt kerak bo'ldi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik matbuot anjumanida jamoa standart vaziyatlar ustida ishlayaptimi, degan savolga javob berdi.
Hafta davomida kataloniyaliklar "Slaviya"ni 4:2 hisobida mag'lub etishdi. Har ikkala golni ham pragaliklar burchak zarbalaridan so'ng kiritishdi.
"Pragadagi o'yin o'zgacha bo'ldi, deb o'ylayman. Sovuq edi va moslashish uchun vaqt kerak bo'ldi. Ikkinchi gol o'tkazib yuborilgan vaziyatda Levandovskida reaktsiya bildirishga vaqt bo'lmadi. Men jamoamga ishonaman, chunki biz ilgari himoyada yaxshi o'ynaganmiz. Bundan tashqari, "Barselona"da tarixan ko'p baland bo'yli futbolchilar o'ynamagan - bu vaziyatni to'g'ri boshqarish masalasi," - dedi Flik jurnalistlarga.
Yakshanba kuni "Barselona" o'z maydonida "Real Ovedo"ga qarshi bahs olib boradi.

Bosh sahifaga
248