Evropaning ayni vaqtdagi eng kuchli futbolchisi ma'lum bo'ldi. Bu Mbappe, Keyn yoki Xoland emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

"Bavariya" vingeri Maykl Olise WhoScored tahliliy portali talqiniga ko'ra ayni damda Evropaning eng yaxshi futbolchisi.
So'nggi oltita o'yindagi harakatlari uchun frantsuz 8,73 ball to'pladi - bu Evropaning top-5 ligalaridagi barcha o'yinchilar orasida eng yuqori ko'rsatkichdir.
Ikkinchi o'rinda "Barselona" vingeri Lamin Yamal bormoqda. Kataloniya klubi yulduzining o'yinlarini tahlilchilar 8,70 ballga baholagan. Kuchli uchlikni "Bavariya" forvardi Xarri Keyn (8,47) yakunlab berdi.
Keyingi o'rinda Myunxen klubining yana bir vakili - 8,10 ball to'plagan vinger Luis Dias bormoqda. Evropaning eng yaxshi 5 futbolchisi qatoriga "Real" hujumchisi Kilian Mbappe (7,93) ham kirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
343