Abduqodir Husanov APLda juda yuqori statistik ko'rsatkichlar qayd etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 719

"Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov to'pni olib qo'yish bo'yicha Angliya Premer-ligasining eng yaxshi himoyachilar beshligidan joy oldi. Bu haqda Squawka xabar berdi.
Husanovning muvaffaqiyatli to'pni olib qo'yish bo'yicha ko'rsatkichi 91,7 foizni tashkil etmoqda - bu APLdagi barcha o'yinchilar orasida beshinchi eng yaxshi natijadir. Bu himoyachilar orasida to'rtinchi, "Manchester Siti" futbolchilari orasida esa ikkinchi eng yaxshi ko'rsatkichdir.
Bundan tashqari, nashrning ta'kidlashicha, Premer-liganing joriy mavsumida Husanov faqat bir marta driblingga aldangan, u ham o'zi uchun noqulay bo'lgan o'ng qanot himoyasida o'ynagan vaqtda sodir bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
340