Rossiya Millatlar ligasi navbatdagi mavsumida ham qatnashmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 788

Rossiya terma jamoasi Millatlar Ligasi-2026/27da ishtirok etmaydi.
"Sport-Ekspress" xabariga ko'ra, UEFA musobaqaga qur'a tashlash va taqvim tuzish tartibini tasdiqlagan. Unda UEFAning 55 terma jamoasidan 54 tasi ishtirok etadi, turnirda faqatgina Rossiya ishtirok etmaydi.
Millatlar Ligasi qur'asi 12 fevral kuni Bryusselda bo'lib o'tadi. O'yinlar taqvimi 13 fevral kuni milliy assotsiatsiyalarga yuboriladi.
Rossiya klublari va terma jamoalari 2022 yildan buyon UEFA va FIFA shafeligidagi turnirlarda ishtirok etishdan chetlatilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
339