Adama Traorening yangi jamoasi nomi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1536
APLda qolish uchun kurash olib borayotgan Londonning "Vest Xem" klubi "Fulxem" vingeri Adam Traorening transferi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
Kelishuv muvaffaqiyatli amalga oshirildi, tez orada hujjatlar almashinuvi va tibbiy ko'rik bo'lib o'tadi. Adama Traore "Barselona" tarbiyalanuvchisi, kelib chiqishi malilik bo'lgan ispaniyalik futbolchi. Uning hisobida Ispaniya terma jamoasi safida 8 ta o'yin bor.
Transfermarkt portali ushbu futbolchini 8 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda Traore 20 ta o'yinda (har bir o'yinda o'rtacha 28 daqiqa) maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
370