"Atletiko" braziliyalik yarim himoyachi transferi uchun 40 million evro sarflashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25

"Vulverxempton" xavbeki Joao Gomes Angliya Premer-ligasini Ispaniya chempionatiga o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Sport.es jurnalistlari xabar berdi.
Manbaga ko'ra, futbolchini Madridning "Atletiko" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado bo'yicha muzokaralar barbod bo'lgach, "matraschilar" e'tiborini Gomesga qaratdi. Madridliklar braziliyalik futbolchini sotib olish uchun 40 million evro ajratishga tayyor.
Yarim himoyachi joriy mavsum 25 ta o'yinda qatnashib, o'z hisobiga golli uzatma yozdirib qo'ydi. Gomesning "bo'rilar" bilan mehnat shartnomasi 2030 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
395