Slot Soboslaining o'yiniga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 425

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot yarim himoyachi Dominik Soboslaining joriy mavsumdagi o'yini haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Etakchi bo'lishni istasang - shaxsiy namuna ko'rsat. Soboslai aynan shunday qiladi. U to'psiz juda yaxshi, jamoaning tempini oshiradi. Bu mavsumda u to'p bilan yaxshiroq harakat qilmoqda, garchi men undan avval ham bu jihatdan qoniqqan bo'lsam-da. Hozir u yanada ishonchli o'ynamoqda, vaziyatlar yaratish va hujumlarni yakunlashda faolroq ishtirok etmoqda. Mavsum uning uchun yaxshi o'tmoqda," - dedi Slot matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
357