Frank: "Yana bir shiddatli o'yin bo'ladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Tomas Frank APL 23-turidan o'rin olgan "Byornli"ga qarshi bahsdan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.
Avvalgi o'yinda Skott Parker shogirdlari "Liverpul" bilan safarda 1:1 hisobida durang o'ynashga muvaffaq bo'lgandi.
"Skott Parkerning jamoasi, biz ularning ko'plab o'yinlarida ko'rganimizdek, juda raqobatbardosh - "Enfild"da ular 1:1 hisobida durang o'ynashdi. Shunday ekan, bu yana bir o'ta shiddatli o'yin bo'ladi," - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi "shporlar" matbuot xizmati.
Shu bilan birga, u muvaffaqiyatga erishish uchun jamoasining o'yiniga ko'proq e'tibor berishga chaqirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
357