"Barselona" Shlotterbek bo'yicha yakuniy qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55

Dortmundning "Borussiya" klubi va Germaniya terma jamoasi himoyachisi Niko Shlotterbek Kataloniyaning "Barselona" klubiga o'tmaydi. Bu haqda Sport.es jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ma'lum bo'lishicha, "ko'k-anorranglilar" germaniyalik futbolchining transferini istisno qilmoqda. "Barselona" Shlotterbekning tezlik ko'rsatkichlaridan norozi.
26 yoshli himoyachining transfer narxi 55 million evroga baholanmoqda. Nikoning "asalarilar" bilan amaldagi shartnomasi muddati kelasi yilning o'rtalarida tugaydi.
2025/2026 yilgi mavsumning birinchi yarmida Shlotterbek 22 ta uchrashuv o'tkazgan. Himoyachi 2 ta gol va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
432