"Jirona" ikki transferni yakunlashga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44

Ispaniyaning "Jirona" klubi ikki nafar ukrainalik futbolchini sotib olishga yaqin turibdi. Klub tarkibini Vengriyaning "Dor" klubi forvardi Aleksandr Pishur va Kievning "Dinamo" klubi yarim himoyachisi Nikolay Shaparenko to'ldirishi mumkin.
Pishur bir million evroga baholanmoqda. Sport.es xabariga ko'ra, klublar allaqachon kelishuvga erishgan, rasmiyatchiliklarni hal qilish qolgan.
Shaparenkoga kelsak, "Jirona" hozircha "Dinamo" bilan muzokaraga kirishgani yo'q, sakkiz million evro turadigan futbolchini kuzatishda davom etmoqda.
"Jirona" 20-turdan keyin 24 ochko bilan turnir jadvalida o'ninchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
432