Rodriges "Valensiya"ga tekinga o'tadigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 345

31 yoshli argentinalik xavbek Gido Rodriges Londonning "Vest Xem" klubini tark etib, Ispaniya La Ligasiga ko'chib o'tadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, tajribali yarim himoyachining yangi klubi "Valensiya" bo'ladi. Rodrigesning "bolg'achilar" bilan mehnat shartnomasi mavsum oxirida o'z nihoyasiga etadi. "Vest Xem" futbolchini Ispaniya klubiga tekinga qo'yib yuborishga rozi bo'ldi.
Rodriges 2024 yildan beri Angliya jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Gido 6 ta o'yinda maydonga tushib, birorta ham gol ura olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
358