Slot: «Salohni zaxirada qoldirish men uchun doim noqulay»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 445

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot hujumchi Muhammad Salohni zaxirada qoldirganda o'zini noqulay his qilishini e'tirof etdi. Yaqin vaqtga qadar misrlik futbolchi jamoaning asosiy o'yinchisi edi. So'nggi paytlarda esa Slot ba'zi o'yinlarda uni maydonga tushirmayapti. Shuningdek, futbolchi va murabbiy o'rtasida nizo ham yuzaga kelgandi.
«Menga Salohni zaxirada qoldirish noqulay bo'ladimi? Har doim noqulay. Ayniqsa, u klub uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan o'yinchi bo'lsa. Ammo mening ishimning bir qismi — jamoa manfaati uchun eng to'g'ri deb hisoblagan qiyin qarorlarni qabul qilish», — deya Fabritsio Romano Slotning so'zlarini ijtimoiy tarmoqlarda keltiradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
351