Esposito: "Inter"ning ishonchi juda muhim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 281

Italiya A Seriyasining navbatdagi, 22-tur uchrashuvlari "Inter"ning "Piza" ustidan yirik 6:2 hisobidagi g'alabasi bilan boshlandi. Uchrashuvdagi g'alaba golini esa milanliklarning yosh iqtidori Pio Esposito kiritdi.
"Yaqindagina B Seriyada o'ynagan futbolchi uchun "Inter"dek klubning ishonchi juda va juda ko'p narsani anglatadi. Ikkita to'pni o'tkazib yuborish oson emas edi, lekin oldinda javob uchun etarli vaqt borligiga ishonch bor edi. Natija shunday bo'ldi", - deb Esposito so'zlarini keltiradi fcinter1908.it.
Ushbu g'alabadan keyin Milanning "Inter" klubi Italiya chempionati turnir jadvalida ishonchli etakchilik qilayotganini yana bir bor tasdiqladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
330