«Andijon» yangi mavsumda «Adidas» formasida o'ynaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 488

«Andijon» futbol klubi yangi mavsumdan boshlab jahonga mashhur «Adidas» brendi bilan rasman hamkorlikni boshladi.
Endi jamoa maydonga zamonaviy dizayn, yuqori sifat va ilg'or texnologiyalarni o'zida mujassam etgan «Adidas» ekipirovkalarida chiqadi.
Bu hamkorlik klub taraqqiyotida muhim bosqich bo'lib, professional standartlarga sodiqlik, xalqaro tajriba va katta maqsadlarga intiliuvchanlikni ifoda etadi. «Andijon» o'z tarixiga hurmat bilan qarab, yangi mavsumga yangi ruh va yangi qiyofa bilan qadam qo'ymoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
335