"Yuventus" "Sevilya" himoyachisini sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 590

"Sevilya" himoyachisi Xuanlu Sanches "Yuventus"ga o'tishi mumkin. Bu haqda Janluka Di Martsio xabar berdi.
Manbaga ko'ra, turinliklar 22 yoshli futbolchidan Per Kalyulyuga o'rinbosar sifatida foydalanmoqchi. Agar "Sevilya" himoyachini sotib olish huquqi bilan ijaraga berishga rozi bo'lsa, kelishuv amalga oshishi mumkin.
Xuanlu Sanchesning shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U joriy mavsumda 19 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
333