«Barsa» Fermin Lopes vakillari bilan uchrashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 705

"Barselona" Fermin Lopes bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
Diario Sport nashri xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" yarim himoyachisiga bir qator klublar qiziqish bildirayotgani sababli harakat qilishga qaror qilgan va uning vakillari bilan uchrashuv tashkil qilgan.
Kataloniyaliklar maoshni sezilarli darajada oshirish va shartnomani ikki yilga uzaytirishni taklif qilmoqda. Amaldagi bitimning amal qilish muddati 2029 yilning yozigacha.
Fermin jamoada qolishni va asosiy futbolchilardan biriga aylanishni istaydi. U bu mavsumda La Ligada 14ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
335