O'rtoqlik o'yini. «Dinamo» BAA klubini yirik hisobda mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 757

«Dinamo» jamoasi Dubaydagi yig'in doirasida bugun, 23 yanvar kuni ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini mahalliy jamoaga qarshi o'tkazdi.
Birlashgan Arab Amirliklari birinchi divizioni vakili «Galf Yunayted»ga qarshi uchrashuvda murabbiylar bir qator o'yinchilarni sinovdan o'tkazishdi. Qator hujumlardan biri 28-daqiqada samarasini berdi – Sanjar Qodirqulovning uzatmasini Rasul Yo'ldoshev golga aylantirdi.
Ikkinchi bo'limda esa bir qator o'zgarishlardan keyin tajriba o'z so'zini aytdi. Xislat Xalilov 46-daqiqada ikkinchi golni urgan bo'lsa, ko'p o'tmay Azizbek Amonov dublga erishdi. Yana bir golga esa Nurullo To'xtasinov mualliflik qildi – 5:0.
Shu tariqa, «Dinamo» Dubaydagi ikkinchi o'rtoqlik bahsida mahalliy jamoa ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi. Navbatdagi o'yin – 25 yanvar kuni Moskvaning TsSKA jamoasiga qarshi Abu-Dabida bo'lib o'tadi.
O'rtoqlik o'yini. 23 yanvar. Dubay
«Galf Yunayted» (Dubay, BAA) - «Dinamo» (Samarqand, O'zbekiston) - 0:5 (0:1)
Gollar: Rasul Yo'ldoshev 28, Xislat Xalilov 46, Azizbek Amonov 52, 69, Nurullo To'xtasinov.
«Dinamo»: Ravshanbek Yagudin (Sarvar Karimov, 46), Mauro Brazil (Dramane Salou, 65), Jaloliddin Jumaboev (Til Mavretich, 46), Ulug'bek Abdullaev (Bahodir Nasimov. 82), Sanjar Qodirqulov, Oybek Hamroqulov (Nurullo To'xtasinov, 38), Abdulahad Hoshimov (Kingli Sarfo, 35), Akbar Xudoyberdiev (Behruzbek Obloqulov, 35, Mirjahon Mirahmadov 70), Bektemir Abdumannonov (Jahongir Abdusalomov, 46), Rasul Yo'ldoshev (Xislat Xalilov, 46), Ulug'bek Hoshimov (Azizbek Amanov, 46).

Bosh sahifaga
358