«Metallurg» qayta tiklandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 720

Bekobodning "Metallurg" futbol klubi faoliyati qayta tiklandi.
Mazkur klubning faoliyati 2024 yilda to'xtatilgan edi. Oradan ikki yil o'tib, "Metallurg" yana Pro Liga ishtirok etadi.
Shu munosabat bilan tadbir tashkil etildi. Unda O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ham ishtirok etib, "Metallurg oldingi mavqeyini yana tiklab, milliy terma jamoaga iqtidorli futbolchilarni tayyorlab berishida omad tilayman" — deb samimiy tilak bildirdi.
Shuningdek, klub rahbariyatida muhim tayinlovlar amalga oshirildi: Ulug'bek Mirzaev bosh direktor, Ilhom Mo'minjonov esa bosh murabbiy lavozimiga tayinlandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
355