Van de Ven tarixdagi eng qimmat himoyachiga aylanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 537

Niderlandiyalik 24 yoshli himoyachi Mikki Van de Venning transfer huquqi "Tottenxem"ga tegishli. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi.
talkSPORT nashri xabariga ko'ra, futbolchi yozda londonliklarni tark etmoqchi ekani haqida klubni ogohlantirgan. Asosiy maqsad - "Liverpul"ga o'tish. Insayderlar "Tottenxem" o'z himoyachisini 100 mln funtga sotishga rozi bo'lishini ma'lum qildi. Agar "Liverpul" shuncha pul to'lasa, Van de Ven jahon futboli tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylanadi.
Niderlandiyalik 2023 yilda "Volfsburg"dan "Tottenxem"ga o'tgandi. Joriy mavsumda u APLda 21 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
352