Arbeloa "Real" yulduziga: O'zingga boshqa jamoa top!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 544

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoa o'ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldga ishonmayapti, deya xabar berdi Sportskeeda nashri.
Manbaga ko'ra, 43 yoshli ispaniyalik mutaxassis 27 yoshli inglizga rejalariga kiritilmaganini aytgan. Trent kelasi yozda jamoani tark etish ehtimoli bor.
Avvalroq, Aleksandr-Arnold "Bavariya"ga o'tishga qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.
Trent "Real" bilan 2031 yil yozigacha mo'ljallangan shartnomaga ega. U klub uchun jami 16 ta o'yinda 3 ta golli uzatma berdi.
Barcha fikrlar: 1

izoh
23 Yanvar 2026, 20:10
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
359