Eron chempionati. "Persepolis" o'z maydonida o'zbek futbolchilarining gollari evaziga peshqadam "Sepaxon"ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 410

Eron chempionati 17-turida "Persepolis" o'z maydonida "Sepaxon"ni engdi - 2:1.
O'yinda g'oliblar safidagi gollarni O'zbekiston milliy jamoasi hujumchilari kiritdi. Dastlab, 49-daqiqada Oston O'runov hisobni ochgan bo'lsa, 70-daqiqada O'runovning pasidan so'ng Igor Sergeev oradagi farqni oshirdi. Rikardo Alves 90+8-daqiqada penaltidan mehmonlarning yagona javob golini kiritdi.
Igor Sergeev 90+5-daqiqada raqib boldirini butsasining tag qismi bilan ezgani uchun to'g'ridan-to'g'ri maydondan chetlatildi.
"Persepolis" 31 ochko bilan "Sepaxon"ga tenglashdi. Ular 1- va 2-o'rinda bormoqda.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
382