Arbeloa Vinisius bilan shartnomani uzaytirish haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1256

"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoa hujumchisi Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirishi haqida gapirdi.
"Vinisius bilan shartnomani uzaytirish? Albatta, uning "Real"da uzoq vaqt qolishini istayman. Ammo bu unga va klubga bog'liq", - dedi Arbeloa matbuot anjumanida.
Vinisius Junior 2018 yilda "Flamengo"dan 45 million evro evaziga "Real"ga o'tgan edi. Uning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.
Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi Madrid klubi safida 30 ta o'yinda maydonga tushib, ettita gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
388