Rasman. London klubi yangi hujumchi ijarasini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 595

"Vest Xem" o'z safiga yangi qanot hujumchisi Keybir Lamadridni qo'shib oldi. Transfer haqidagi ma'lumot klub rasmiy saytida paydo bo'ldi.
Lamadrid "Deportivo La Guayra"dan ijara asosida ingliz klubi safiga qo'shildi. Ijara shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Sotib olish imkoniyati ham mavjud.
O'tgan mavsumda vinger Kolumbiya klubi safida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 6 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
"Vest Xem" 17 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida 18-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
390