Frank: "Ba'zida "Tottenxem" la'natlangandek tuyuladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18

"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank jamoaning jarohatlar bilan bog'liq muammolari haqida gapirdi.
"Shporlar" muntazam ravishda jiddiy jarohatlar tufayli futbolchilarini yo'qotmoqda. Yaqinda jarohat olganlar ro'yxatini bir necha oyga safdan chiqqan yarimhimoyachi Lukas Bergvall to'ldirdi.
"Ba'zi jarohatlarni ko'rib, jamoamiz la'natlangan yoki shunga o'xshash narsa deb o'ylay boshlaysiz. Ammo jarohatlar - futbolning bir qismi. Bizning vazifamiz - jarohat olgan futbolchilarni imkon qadar tezroq tiklash", - dedi Frank shanba kuni bo'lib o'tadigan "Byornli"ga qarshi Premer-liga o'yini oldidan.
"Tottenxem" 22-turdan keyin 27 ochko bilan turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
379