"Liverpul" yanvarda transferlar qiladimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 328

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot "qizillar" yanvarda transferlarni amalga oshiradimi, degan savolga javob berdi.
"Men tarkibda hech qanday o'zgarish bo'lmasligini kutmoqdaman. Biroq, agar bozorda imkoniyat paydo bo'lsa va biz tarkibni kuchaytira olamiz deb hisoblasak, klub har doim bunga harakat qiladi. Biroq hozircha - yo'q", - deya Slotning so'zlarini keltiradi insayder Fabritsio Romano.
Ayni paytda "Liverpul" Angliya premer-ligasining 22-turidan keyin 36 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.
APLning navbatdagi bahsida Arne Slot shogirdlari "Bornmut" mehmoni bo'ladi. Uchrashuv ertaga, 24 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
235