Skoulz "Manchester Yunayted"ni chiptalar narxi uchun tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz Manchester klubini uy o'yinlari chiptalari narxi uchun tanqid qildi.
"Bilet uchun 66 funt - bu kulgili. Agar Manchester haqida o'ylab ko'radigan bo'lsak, u erda noqulay hududlar juda ko'p, ser Jim Retkliffning o'zi ham Faylsvortdan, u ham noqulay hududda joylashgan. Agar bitta bolani o'zingiz bilan olib ketsangiz, 120 funtga, oilaviy bo'lsangiz, 300-400 funtga tushadi. Bu adolatdan emas", - deya Skoulzning so'zlarini keltiradi Purely Football.
Ayni paytda "Manchester Yunayted" Angliya premer-ligasining 22 turida 35 ochko jamg'arib, turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
297